“O'zkimyosanoat” AJ sanoat korxonalarining joriy yil 9 oylik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi

// 08.10.2019 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (122.09 KB)

“O'zkimyosanoat” AJ sanoat korxonalari tomonidan 2019 yil yanvar-sentabr oylarida qiymati 5.0 trillion so'mdan ziyod bo'lgan tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, 2018 yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 108.7%ni tashkil etdi.

Ja'mi mineral o'g'itlar 994,7 ming tonna (100% ozuqa moddalari) ishlab chiqarilib, shu jumladan, azotli o'g'itlar – 751,8 ming tonna (o'sish sur'ati 117,2%), fosforli o'g'itlar – 95,8 ming tonna (91,6%) va kaliyli o'g'itlar -147,04 ming tonna (107,3%) ni tashkil etdi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida 452,4 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Investitsiya dasturi doirasida investitsiyalarni o'zlashtirish prognozi 108,6 foizga bajarildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati