“Rahbar va xotin-qizlar” uchrashuvi oʻtkazildi

// 17.12.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (603.17 KB)

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi To‘lqin Zaripov rahbarligida korxonadagi xotin-qizlar masalalariga qaratilgan “Rahbar va xotin-qizlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

 

Unda gender tenglik tamoyillariga amal qilgan holda korxonada faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni mutaxassis va rahbar lavozimlariga tavsiya qilish hamda ulardan zaxira kadrlarni tayyorlash, xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb qilish, oliy ta’limda oʻqish imkoniyatini yaratish kabi mavzularda so‘z yuritildi. 

Bundan tashqari 2025-yilda xotin-qizlarni jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator maqsadlar belgilab olindi. 

Samimiy tarzda o‘tgan muloqot nihoyasida xotin-qizlar fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi, ularni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berildi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 17.12.2024