Qayta ishlangan materiallardan poliefirsulfon ishlab chiqarildi

// 11.03.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (275.33 KB)

Germaniyaning BASF kimyoviy konserni qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan poliefirsulfonni taqdim etdi. 

Kompaniya xabariga ko'ra, yangi termoplastik oʻzining analoglari bilan bir xil xususiyatlarga yaʼni, unumdor va mashina yordamida ishlov berishga yaroqli.  

Poliefirsulfon (PES) yuqori termal, elektr va mexanik xususiyatlarga ega boʻlgan amorf polimerdir. PES avtomobil sanoatida eruvchan himoyalagichlar (predoxranitel), membranalar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi va elektronikada ular integral mikrosxemalar uchun himoya tovoqlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. 

Ulardan shuningdek, yopishmaydigan oshxona idishlari va tibbiy asboblarni, shuningdek, koʻp foydalaniladigan idishlar ishlab chiqarish mumkin.

BASF vakillarining taʼkidlashicha, yangi PES ishlab chiqarishda poliefirsulfon ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan qazib olinadigan xom ashyoning 50% biotsirkulyatsion xom ashyo bilan almashtiriladi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 11.03.2025