Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi

// 09.10.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (28.63 MB)

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi. 

Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi doirasida oʻtkazilgan ushbu sayohatda “O‘zkimyosanoat” AJ xodimlari mamlakatimiz tarixi, bunda jadidlarning tutgan oʻrni haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi. 

Mazkur muzey ekspozitsiyasida mustabid tuzum davridagi ommaviy qatagʻonlar tufayli qurbon boʻlgan, insonlik shaʼni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimiz hayotiga oid noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar, ashyolar, yosh avlodning Vatanga muhabbat, sadoqat tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan hujjat va turli eksponatlar namoyish etilgan. 

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


 


So'nggi yangilash sanasi: 09.10.2024