Profilaktik o‘quv mashg‘ulotlari

// 02.05.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (369.73 KB)

Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ obyektlarida yong'in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo'linmasi vakili bilan hamkorlikda yong'in xavfsizligi bo'yicha jamiyatning KO'ICh 2-sexi xodimlari o'qitilmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida soha vakillariga yong'inga sabab bo'ladigan omillar, ularni oldini olish va bartaraf etish yo'llari, ishlab chiqarish va sexlarda xavfsizlik texnikasi, yong'in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish haqida atroflicha tushuncha hamda ma'lumotlar berildi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 02.05.2024