.jpg)
“Maxam-Chirchiq”AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, Murojaatnomada so‘nggi to‘qqiz yilda erishilgan natijalar aniq raqam va dalillar asosida chuqur tahlil qilindi. Davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalar ochiq-oydin belgilab berildi. Eng muhimi, ilgari surilgan tashabbus va g‘oyalar jamiyatda ijtimoiy kayfiyatni ko‘tarib, aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va hamjihatligini yanada mustahkamladi.
.jpg)
Tadbir davomida Murojaatnoma mazmunini, unda ilgari surilgan yo‘nalishlarni korxona ishchi-xizmatchilari o‘rtasida keng va tizimli targ‘ib etish zarurligi, ularni Vatan taraqqiyoti yo‘lida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga chorlash muhim vazifa ekani qayd etildi.
.jpg)
"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati