
2025-yilda yuqori va öta yuqori tozalikdagi gazlarning jahon bozori hajmi 42,4 mlrd dollarni taşkil etdi. 2026-yilda bu körsatkiç 44,9 mlrd dollarga yetişi, 2035-yilga kelib esa yillik örtaça 6 foiz ösiş sur’ati bilan 69 foizga oşib, 75,9 mlrd dollarga yetişi kutilmoqda.
Bunday prognoz Precedence Researç (PR) tahlil agentligining sönggi hisobotida keltirilgan.
2025-yilda Osiyo-Tinç okeani mintaqasi bozorning 46 foizini (19,6 mlrd dollar) taşkil etib, eng katta uluşga ega böldi. Kelgusida ham uşbu mintaqaning eng tez ösuvçi bozor bölib qolişi kutilmoqda. Ötgan yili Şimoliy Amerika hissasiga bozorning 24,8 foizi (10,5 mlrd dollar), Yevropa hissasiga esa 19,4 foizi (8,23 mlrd dollar) töğri kelgan.
Mahsulot turlari böyiça 2025-yilda yuqori tozalikdagi atmosfera gazlari 52,6 foiz uluş bilan yetakçilik qildi. Yakuniy foydalaniş segmentlari orasida esa elektronika va yarimötkazgiçlar sohasi 34,4 foizlik uluş bilan birinçi örinni egalladi.
PR tahlilçilari jahondagi eng yirik işlab çiqaruvçilar sifatida Linde (Buyuk Britaniya), Air Liquide (Fransiya) va Air Products (AQŞ) kompaniyalarini qayd etdi.