“Parij bitimining 6-moddasi va Qoʻshma kreditlash mexanizmi (JCM)ni Oʻzbekistonda amalga oshirish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi

// 02.03.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (739.15 KB)

Toshkent shahrida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamkorligida Parij bitimining 6-moddasini amalga oshirish va Qoʻshma kreditlash mexanizmi (JCM)ni joriy etish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda davlat tashkilotlari, sohaviy idoralar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJning Ekologiya va yashil iqtisodiyot boʻlimi mutaxassislari ham faol qatnashib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muhokamalar davomida uglerod birliklari savdosini amaliyotga joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida dekarbonizatsiya loyihalarini kengaytirish, shuningdek, xalqaro iqlim mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi. 


 


So'nggi yangilash sanasi: 02.03.2026