Ogʻir toifaga kiritilgan mahallalarda oʻrganish ishlari davom etmoqda

// 24.06.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.92 MB)

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” davlat dasturini amalga oshirish doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJga biriktirilgan hududlarda tizimli va maqsadli ishlar muntazam nazorat qilinmoqda.

Jamiyat ishchi guruhi “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisiga biriktirilgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi ogʻir toifadagi “Obod”, “Bozortepa”, “Ayridevol” va “Chashmaimiron” mahallalarida navbatdagi oʻrganish ishlarini olib bordi.

Mahallalarda aholi bandligini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash (ariqlarni betonlashtirish, elektr tarmoqlarini yangilash kabi) yoʻnalishlarida amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi.

Ushbu hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan ishlar doimiy nazoratda.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 24.06.2025