Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Unda keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar hamda korxona rahbariyati ishtirok etishdi.
Tadbirda ““Dehqonobod kaliy zavodi” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi, keyingi yillarda bu sohada amalga oshirilgan ishlar” hamda “Jamiyatning ochiqligi va ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarning matbuotda e’lon qilinishi” kabi mavzularda taqdimot o‘tkazildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad jamiyatning ochiqligini va jamoatchilik oldida hisobdorligini ta’minlash, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Tadbir yakunida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati