“Oʻzkimyosanoat” AJda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan iqtisodiy oʻqish tashkil etildi

// 05.03.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (735.11 KB)

“Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan mamlakat taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan iqtisodiy oʻqish tashkil etildi.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonlari mazmun-mohiyatiga bagʻishlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Adliya vazirligi hamda Ekologiya milliy qoʻmitasi xodimlaridan iborat ekspertlar ishtirok etib, mazkur hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning mamlakat iqtisodiyoti, sanoat tarmoqlari va xususan kimyo sanoati rivojiga taʼsiri haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Mutaxassislar tomonidan islohotlarning asosiy yoʻnalishlari, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hamda ishlab chiqarish sohalarida zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Iqtisodiy oʻqish davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ekspertlardan atroflicha javoblar oldilar. Tadbir yakunida mazkur farmon va strategik hujjatlarni amaliyotga samarali tatbiq etish, kimyo sanoati korxonalarida islohotlarni yanada jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish rejalashtirilgan.
 


So'nggi yangilash sanasi: 10.03.2026