“Oʻzkimyosanoat” AJda “Cargill” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

// 25.10.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.28 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJda “Cargill” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda Jamiyat boshqaruv raisining oʻrinbosarlari Akobir Toʻxtayev, Akbar Kurbanov hamda “Cargill” kompaniyasining “Savdo va tuzilmaviy moliyalashtirish” yoʻnalishi boʻyicha vitse-prezidenti Ivan Xlopov hamda masʼullar ishtirok etishdi. 

Unda eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirish, “Oʻzkimyosanoat” AJning moliyaviy hisobot xalqaro standartlari (MHXS) boʻyicha hisoboti batafsil tahlil qilindi. 

Shuningdek, “Cargill” kompaniyasi vakillari tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJning strategik loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli investitsiyalar jalb qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, barqaror rivojlanish istiqbollari uchun korporativ kredit resurslari ajratilishiga qiziqish bildirildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 25.10.2024