“O‘zkimyosanoat” AJda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi

// 30.09.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.4 MB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Toshkent kimyo texnologiyalari instituti professor-o‘qituvchilari, jamiyat faxriylari hamda hurmatli mehmonlar ishtirok etishdi.Jamiyat rahbariyati ustoz va murabbiylarni samimiy qutlab, ularning yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, sanoat sohasi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotganini e’tirof etdi.

Bayram tadbirida O‘zbek Milliy akademik drama teatri ijodkorlari ham mehmon bo‘lib, ustozlarga bag‘ishlangan samimiy chiqishlari bilan davraga bayramona kayfiyat ulashdilar.Faxriy ustozlar va tadbir ishtirokchilariga jamiyat tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

 


So'nggi yangilash sanasi: 30.09.2025