“O‘zkimyosanoat” AJ xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi sertifikatlari topshirildi

// 11.09.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (864.53 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ xodimlari  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida bo'lib o'tgan jami 30 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlashdi.

Bir hafta davomida xodimlarga korrupsiyaga qarshi murosasizlik madaniyatini shakllantirish, davlat xizmatchisining odob-axloqi va madaniyati, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy asoslari mavzusida maʼruzalar o‘tildi.

Olingan bilimlar jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishiga ishonch bildirildi.  


So'nggi yangilash sanasi: 05.01.2024