“O‘zkimyosanoat” AJ xodimlari Islom sivilizatsiya markaziga tashrif buyurishdi.

// 01.05.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (69.01 MB)

Tashrif davomida xodimlar markaz faoliyati, uning asosiy ekspozisiyalari hamda boy ilmiy-ma’naviy merosni aks ettiruvchi namunalari bilan yaqindan tanishdilar.

Markaz mutaxassislari tomonidan Islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani va madaniyati rivojidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy merosi va ularning insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi.

Tashrif ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 


 


So'nggi yangilash sanasi: 01.05.2026