“Oʻzkimyosanoat” AJ va Linde kompaniyasi vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtdi

// 02.05.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (22.07 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Germaniya Federativ Respublikasining Linde kompaniyasi vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi va o‘rinbosarlari hamda Linde kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika boʻyicha bosh vitse-prezidenti Oliver Pfann ishtirok etdi. 

Uchrashuvda tomonlar oʻrtasida Havo taqsimlash uskunasini qurish loyihasining keyingi bosqichlari kelishib olindi hamda yangi istiqbolli loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 02.05.2024