“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Ammofos-Maxam” AJ “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari qatoridan joy oldi

// 17.01.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (30.12 MB)

Joriy yilning 16-yanvar kuni “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva qutlov soʻzi bilan ochib berdi.

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun 934 ta tashkilot va muassasalar tomonidan hujjatlar taqdim etildi. Ular tanlov komissiyasi tomonidan nizom talablari asosida baholanib, 10 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.

Quvonarlisi “Oʻzkimyosanoat” AJ  “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi” – nominatsiyasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 

Jamiyatning tarmoq korxonasi “Ammofos-Maxam” AJ “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman davlat organi” nominatsiyasida 1-oʻrinni egalladi. 

Tanlov gʻoliblari esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 17.01.2025