Joriy yilning 24-aprel kuni Toshkent shahrida Italiyaning Acquaflex S.r.l. kompaniyasi va “Oʻzkimyosanoat" AJ oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandumni imzolash marosimida Acquaflex kompaniyasi ishonchli vakili Jorjio Veronezi, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov, boshqaruv raisi oʻrinbosari Akbar Kurbanov va Oʻzbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev ishtirok etishdi.
Ushbu memorandum ishlab chiqarish jarayonlari uchun suvni tozalash, texnologik kimyoviy moddalar, shuningdek, oziq-ovqat sanoati va ichimliklar ishlab chiqarishda innovatsion yechimlarni joriy etishda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Mazkur hamkorlik Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, jumladan, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo ayirboshlashda kimyo sanoati muhim ahamiyat kasb etayotganidan dalolat.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati