“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda

// 23.02.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1020.86 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJga Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “Paxtachi” MFY hududidagi ishsiz toifasiga kiritilgan yoshlar biriktirilgan.

Yuklatilgan vazifa ijrosini ta’minlash uchun jamiyat tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yashash sharoiti, bandlik darajasi hamda muammolari yuzasidan joyida o'rganish ishlari olib borildi.

Har bir yosh bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, ularning ma’lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, ishga qiziqishi va rejalari aniqlandi, oilaviy hamda moddiy ahvoli tahlil qilindi.

Aniqlangan masalalar asosida bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘quv kurslariga jalb etish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosi nazoratga olindi.


 


So'nggi yangilash sanasi: 23.02.2026