“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining Dehqonobod kaliy zavodi yoshlari bilan Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

// 25.06.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (43.02 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov Dehqonobod kaliy zavodiga tashrif buyurib, korxonada mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.

Rahbar va yoshlar uchrashuvida korxonada faoliyat yuritayotgan 150 nafarga yaqin yosh mutaxassis ishtirok etdi. 

Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Qarshi davlat texnika universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filiali, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining amaliyotchi talabalari qatnashishdi. 

Tadbir “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan boʻlib, ochiq va samimiy muloqot ruhida oʻtdi. Unda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berishdi hamda rahbariyat tomonidan batafsil javoblar olishdi.Tadbir doirasida “Yoshlar oyligi”da oʻtkazilgan sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari, shuningdek, korxona hayotida faol ishtirok etgan yoshlar tantanali taqdirlandi. Ularga diplom va sertifikatlar, shuningdek, qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Uchrashuv davomida Odil Temirov yoshlarning tashabbuslari, ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, ishlab chiqarishdagi oʻrni va yetuk mutaxassis sifatida kamol topishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida taʼkidladi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ yosh kadrlar bilan ochiq muloqot va ularning shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashishni oʻzining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab kelmoqda.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 25.06.2025