
Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi boshchiligidagi delegatsiyalar "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar texnopark rezident-korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari, sanoat ishlab chiqarishiga zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalari, shuningdek, asosiy sanoat infratuzilmasi obyektlari bilan tanishdilar.
Delegatsiyalar a’zolari "Chirchiq" texnoparkida qo‘llanilayotgan boshqaruv mexanizmlari samaradorligini yuqori baholadilar. Mazkur tajribaning O‘zbekiston hududlarida shunga o‘xshash sanoat maydonlarini barpo etish va rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.






