Oʻsadigan va nafas oladigan material

// 25.06.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (5.72 MB)

Syurixdagi Shveysariya oliy tyexnika maktabi olimlari fotosintez qiladigan, oʻsish va tarkibidagi sianobakteriyalar orqali karbonad angidrid soʻrib olish qobiliyatiga ega futuristik qoplamani  yaratdishdi. 

Yangi material asosida mutaxassislar “Pikoplanktonika” deb nomlangan, daraxt tanasini eslatuvchi ikki installyatsiyani yaratdilar. 

Ishlanmalar Venetsiyadagi Xalqaro arxitektura biyennalesida namoyish etildi. Ushbu gʻayrioddiy qoplamani tashkil etuvchi asosiy modda — bu suv miqdori yuqori boʻlgan oʻzaro bogʻlangan polimerlar va sianobakteriyalar uchun yashash muhiti sifatida xizmat qiluvchi maxsus gidrogeldir. 

Sianobakteriyalar — hayotning eng qadimiy shakllaridan biri hisoblanadi. Ularning umrini uzaytirish uchun olimlar strukturaning tarkibiy qismlarini 3D-printerda chop etishdi, bu esa quyosh nurining yaxshiroq oʻtishi va yuza maydonini kengaytirish imkonini berdi. Shunday qilib, hosil boʻlgan polimer toʻr uglerod dioksidi va boshqa moddalarni bemalol uzatib, materialni ichkaridan bir tekis oziqlantirishga xizmat qiladi. Laboratoriya tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, bu bioqoplama havodan karbonad angidridni 400 kun davomida uzluksiz soʻrib olish qobiliyatiga ega. 

Bu modda gazni ham biomassa koʻrinishida, shuningdek, sianobakteriyalar fotosintezi natijasida hosil boʻluvchi minerallar shaklida ham toʻplay oladi. Bu soʻnggi xususiyat olimlar tomonidan avval boshda yumshoq boʻlgan polimer tuzilmalarni mustahkamlash uchun ham qoʻllaniladi.

Ishlab chiquvchilar kelgusida ushbu materialni binolar butun hayot sikli davomida karbonad angidridni bogʻlab tura oladigan qoplama sifatida arxitekturada qanday qoʻllash mumkinligini yanada chuqurroq oʻrganishni rejalashtirmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 25.06.2025