2015 yil 22 aprelda “Navoiyazot” AJda korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalarining Navoiy viloyatiFavquloda vaziyatlar boshqarmasi xizmatlari bilan birgalashib hamkorlikda ishlash ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha ko'rgazmali maxsus-taktik mashqlar o'tkazildi.
Mashqlar davomida texnogen xususiyatga ega shartli favquloda vaziyatni bartaraf etish bo'yicha vazifalar bajarildi.
Maxsus ko'rgazmalari taktik mashqlarga 220 nafar kishi hamda 20-ta maxsus va muhandislik texnika vositalari jalb etildi.