“Navoiyazot”ni “yaşil” energiya bilan ta’minlaydigan yirik quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasi va energiya saqlaş tizimi barpo etildi

// 12.11.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (708.01 KB)

 
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yurtimizning yirik sanoat korxonalaridan biri — “Navoiyazot” AJni qayta tiklanuvçi energiya manbalari hisobidan elektr energiyasi bilan ta’minlaşga qaratilgan muhim investitsiya loyihasi amalga oşirildi. Mazkur loyiha sanoat tarmoqlarida “yaşil” energiyadan foydalaniş kölamini kengaytiriş, işlab çiqariş jarayonlarining energiya ta’minoti barqarorligini mustahkamlaş hamda an’anaviy energiya resurslariga bölgan ehtiyojni kamaytirişda alohida ahamiyatga ega.


 
Xitoyning “Sinoma” kompaniyasi tomonidan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalari hisobidan amalga oşirilgan loyihaning umumiy qiymati 220 mln AQŞ dollarini taşkil etadi. Uning doirasida umumiy quvvati 300 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt quvvat va 75 MVt·soat energiya siğimiga ega saqlaş tizimi barpo etildi.
 
Eng muhimi, mazkur quyoş fotoelektr stansiyasi “Navoiyazot” AJga töğridan-töğri ulangan bölib, işlab çiqarilgan “yaşil” energiya bevosita korxonaning ehtiyojlariga yönaltiriladi. Stansiya yiliga 657 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyatiga ega. Bu esa yirik sanoat korxonasining energiya ta’minotida qayta tiklanuvçi manbalar uluşini oşiriş, yiliga qariyb 175 mln kub metr tabiiy gazni tejaş va atmosferaga çiqariladigan karbonat angidrid miqdorini 377,8 ming tonnaga kamaytiriş imkonini beradi.


 
Energetika vaziri Şerzod Xodjayev mazkur obyektda bölib, quyoş fotoelektr stansiyasi va energiya saqlaş tizimining faoliyati, işlab çiqariş quvvatlari hamda “yaşil” energiyani sanoat korxonasiga bevosita yetkazib beriş imkoniyatlari bilan tanişdi.
 
Bu loyiha qayta tiklanuvçi energiya manbalarini sanoat işlab çiqarişiga keng joriy etiş, yirik korxonaning energiya ta’minotini diversifikatsiya qiliş va mahsulotlar işlab çiqarişda uglerod izini kamaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Şu bilan birga, quriliş jarayonida mahalliy aholi bandligini ta’minlaş va hudud iqtisodiy faolligini oşirişga ham xizmat qilmoqda.


So'nggi yangilash sanasi: 12.11.2026