“Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning kompaniyalari bilan shartnoma imzoladi

// 23.07.2015 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.79 KB)

“Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha “foydalanishga to'liq topshirish” sharti bilan kontrakt imzolandi.

Joriy yilning iyun oyida “Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i  «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha EPCC (loyihalashtirish, uskuna sotib olish, qurish va foydalanishga topshirish) sharti bilan kontrakt imzolandi.

Imzolangan kontrakt shartlariga binoan yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarish va dunyoning yetakchi litsenziarlar texnologiyalarni joriy etish ko'zda tutilgan. Jumladan, ammiak bo'yicha  - Daniyaning  «Haldor Topsøe» va karbamidni sintez qilish va donalashtirish bo'yicha  Italiyaning «Saipem» hamda Gollandiyaning «Uhde Fertilizer Technology» uskuna-jihozlar jalb etiladi.

Loyihani moliyalashtirish manbalar etib O'zbekiston taraqqiyot va tiklanish jamg'armasi   kredit resurslari va korxonaning  o'z mablag'lari  belgilangan. Yapoyaning xalqaro hamkorlik banki(JBIC) kreditlarini jalb etiщ masalasi ustida  ham ish olib borilmoqda.

2015 yil 21 iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlar to'g'risida” Qarori qabul qilindi. Unda loyihani o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash  maqsadida bir qator imtiyozlar va tegishli choralar ko'zda tutilmoqda.

Loyihani amalga olirish va u to'liq quvvatiga chiqish  natijasida “Navoiyazot” korxonasida mineral o'g'itlar ishlab chiqvarish uchun ammiak va karbamid barqaror chiqarilishi ta'minlanadi hamda ma'nan va jismonan eskirib ketgan ammiak quvvatlarini foydalanishdan chiqariladi. Shu bilan birga ammiak ishlab chiqarish uchun energiya sarfi kamaytirilib, yiliga 100 mln dollardan ortiq  mahsulot eksport qilinadi va qo'shimcha 473 yangi ish o'rni yaratiladi.