“Navoiyazot”AJda “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o'tkazildi

// 01.02.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (231.4 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish, kimyo sanoati rivojiga xizmat qiladigan innovatsion taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi “Navoiyazot”AJda yuqori saviyada tashkil etildi.

Jamiyat xodimlari tomonidan taklif etilgan loyihalar dolzarbligi, muhimligi va bugungi ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi bilan ajralib turadi. 

Barcha ishtirokchilarning taqdimoti bilan tanishgan hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan g‘oliblar e’lon qilindi. 

1-o‘ringa 33-sex xodimi Durdona Akbarovaning “Anolit eritmasi tarkibidan natriy xlorat tuzini ajratib olish” loyihasi va 30-sex xotin-qizlari vakili Barchinoy Rasulovaning “Yashil energetika” mavzusidagi ishlanmalari munosib topildi.  

25-sex xodimi Hilola Karamatova o‘zining “Piridin, pikolin va vinilpiridinlar sintezi” mavzusidagi loyihasi bilan 2-o‘rinni egalladi.

3-o‘rin 909-sex ishtirokchisi Gulchehra Rahimovaga “Atsitelen sexida texnologik jarayonlarning xavfsiz olib borilishi” mavzusidagi taqdimot uchun nasib etdi.

Tanlov g‘oliblari fevral oyida bo‘lib o‘tadigan “O‘zkimyosanoat”AJ tarmoq korxonalari xodimlari ishtirokidagi respublika bosqichida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritishdi.

 Barcha g‘oliblar va rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblari jamiyat oila va xotin-qizlar xizmati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI


So'nggi yangilash sanasi: 01.02.2024