Muvaffaqiyat sari yo'l

// 24.04.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (50.94 MB)

Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida “Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Ammofos-Maxam” AJ bosh texnologi, texnika fanlari doktori Nadejda Volinskova universitet talabalari bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda Nadejda Vladmirovna o‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyati, kasbiy tajribasi hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi muhim omillar haqida so‘zlab berdi. 

U 1976 yildan buyon “Ammofos-Maxam” AJda samarali mehnat qilib, ishlab chiqarishda joriy etilgan innovatsion yondashuvlar orqali korxona faoliyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Nadejda Vladimirovna tomonidan ishlab chiqilgan mineral o‘g‘itlarni yirik hajmlarda ishlab chiqarish texnologiyalari amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, bu korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilgan.


Shuningdek, u standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat boshqaruvi sohalaridagi bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashib, talabalarga kelgusida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish uchun zarur maslahatlar berdi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.


 


So'nggi yangilash sanasi: 24.04.2026