“Mustaqillik toʻyi” festivali va “Mustaqillik kubogi” musobaqalariga start berildi

// 17.08.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (52.96 MB)

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ tashabbusiga koʻra D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida tarmoq korxonalari oʻrtasida “Mustaqillik toʻyi” festivali hamda “Mustaqillik kubogi” musobaqalariga start berildi.



Tadbirlarning asosiy maqsadi — mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyatini keng targʻib qilish, kimyo sanoati korxonalari xodimlari oʻrtasida doʻstona muhit va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, ularning sport va madaniy tadbirlardagi faol ishtirokini ragʻbatlantirishdan iborat.



“Mustaqillik toʻyi” festivali jamoalar oʻrtasida oʻzaro doʻstlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan boʻlsa, “Mustaqillik kubogi” doirasida sportning qator turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, ishtirokchilar oʻzlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy harakatlarini namoyon etmoqda.



Mazkur tadbirlar eng aziz bayram – mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida jamoalarga mustaqillik shukuhi bilan birga, bayramona kayfiyatni ulashish, kimyo sanoati tizimi xodimlarini yagona maqsad atrofida birlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda jamoalar oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.


 


So'nggi yangilash sanasi: 18.08.2026