“Mustaqillik kubogi“: gandbol maydonida kuchlilar saralandi

// 20.08.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (62.27 MB)

“O‘zkimyosanoat“ AJ tizimidagi korxonalar xodimlari o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish va sog‘lom raqobat muhitini yanada oshirishga qaratilgan bellashuvlar yangi bosqichda davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik kubogi“ doirasida gandbol bo‘yicha navbatdagi musobaqalar o‘tkazildi.



To‘p uchun kechgan har bir uchrashuv ishtirokchilardan yuqori jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik va aniq harakatlarni talab qildi. Jamoalar hujum va himoyadagi taktik yondashuvlari, maydondagi o‘zaro hamkorligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlari bilan ajralib turdi.
 

Bellashuvlar yakunida “Qizilqum fosforit kompleksi“ jamoasi eng yuqori natijani qayd etib, musobaqaning birinchi o‘rniga ega chiqdi. “Indorama-Fargʻonaazot“ AJ jamoasi ikkinchi, “Dehqonobod kaliy zavodi“ AJ jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa natijalari tarmoq korxonalari o‘rtasida sport an’analarini rivojlantirish, xodimlarni faol hayot tarziga keng jalb etish va jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda “Mustaqillik kubogi“ning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.


 


So'nggi yangilash sanasi: 20.08.2026