”Mustaqillik kubogi” : ayollar orasida voleybol bo‘yicha eng kuchlilar saralandi

// 18.08.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (4.37 MB)

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ”Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari doirasida ”O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar xodimlari o‘rtasidagi voleybol bahslari yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida o‘tdi.



Ayollar jamoalari ishtirokidagi bellashuvlarda ishtirokchilar nafaqat sport mahorati, balki jamoaviy hamjihatlik, matonat va g‘oliblikka bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etdilar.
Qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:

1-o‘rin — ”Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ
2-o‘rin — ”Navoiyazot” AJ
3-o‘rin — ”Ammofos-Maxam” AJ



”Mustaqillik kubogi” musobaqalari xodimlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bilan birga, jamoaviy ruhni mustahkamlash va korxonalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Barcha g‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz!


 


So'nggi yangilash sanasi: 19.08.2026