“O'zkimyosanoat” DAKda «Maxamcorp Holding S.L.» kompaniyasining korporativ rivojlantirish va strategiya masalalari bo'yicha bosh rahbari bilan uchrashuv o'tkazildi

// 24.04.2015 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (32.5 KB)

2015 yil 23 aprel kuni “O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Normat Ibragimov   “Maksam-Chirchiq” AJ va “Ammofos-Maksam” AJ Kuzatuv kengashlari majlisida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Ispaniyaning «Maxamcorp Holding S.L.»  kompaniyasi korporativ rivojlantirish va strategiya masalalari bo'yicha bosh rahbari janob Montoro Lopes  hamda kompaniyaning boshqa vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar  “Maksam-Chirchiq”  va “Ammofos-Maksam”  korxonalarining 2014 yil biznes-rejasi  bajarilishi, 2015 yil birinchi chorakda erishilgan natijalar, mazkur jamiyatlarning yillik aksiyadorlar yig'ilishini o'tkazish hamda kuzatuv kengashlar majlisining kun tartibiga kiritilgan boshqa masalar yuzasidan fikrlar bilan almashdilar.