Bugun "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpiboyeva tashrif buyurdi.
Korxona majlislar zalida jamiyatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda "Maxam-Chirchiq" AJ boshqaruvi raisi X.Saydaxmedov, “O‘zkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi S.Abduraxmanova hamda korxona xotin-qizlari ishtirok etishdi.
Tadbirda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash muhim masala ekanligi, shu boisdan yurtimizda oila va xotin-qizlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko'plab xayrli tashabbuslar amalga oshirilayotganligi alohida ta’kidlandi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqot jarayonida xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati