“Maxam-Chirchiq” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xaridlarida shaffoflik masalalari muhokama qilindi

// 02.02.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (500.55 KB)

Joriy yilning 29-yanvar kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi bosh mutaxassisi Oʻ.Yuldashev rahbarligida “Maxam-Chirchiq” AJda masʼul boshqarma va boʻlimlar rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida urgʻu berilgani, shuningdek, davlat xaridlari tizimida shaffoflik va raqobatni taʼminlashga qaratilgan PF-259 va PF-270-sonli Farmonlarda belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi korrupsiyaning oldini olish, davlat xaridlarini isloh qilish va raqamlashtirish, shaffoflikni kuchaytirish hamda korrupsiya xavflarini kamaytirishdir.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 02.02.2026