“Maxam-Chirchiq” AJda davlat xaridlarini oʻtkazishda korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

// 08.05.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (298.78 KB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, shuningdek korrupsiyaviy xavflarni oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi vakillari tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJda davlat xaridlarini amalga oshirishga masʼul xodimlar ishtirokida amaliy uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida jamiyatda amalga oshirilayotgan davlat xaridlarining bugungi holati tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek, davlat xaridlari sohasida qabul qilingan yangi qonunchilik talablarini amaliyotga toʻgʻri tatbiq etish, xarid jarayonlarining qonuniyligi va shaffofligini taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Tadbirda ishtirokchilarga davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish, raqobat muhitini taʼminlash, elektron xarid tizimlaridan samarali foydalanish hamda korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish boʻyicha tushuntirishlar berildi.
 


So'nggi yangilash sanasi: 08.05.2026