“Maxam-Chirchiq” AJda davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o‘rganildi

// 10.09.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (519.11 KB)

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ishchi guruhi tomonidan  “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi doirasida “Maxam-Chirchiq” AJda davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonada davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, ish yuritishning to‘liq davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi, davlat tili targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, kerakli tavsiyalar berildi.


    
"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 10.09.2024