“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi tayinlandi

// 18.02.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (118.77 KB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari Eshbekov Rustambek Ravshanjon o‘g‘li Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Rustambek Eshbekov 2019 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bunga qadar R.Eshbekov “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ matbuot kotibi, “MY5 Productions” MCHJ direktori va “Mening Yurtim” (MY5) telekanalida jurnalist, muallif-boshlovchi va Ijtimoiy-siyosiy bo‘lim muharriri sifatida faoliyat yuritgan. 

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.