O'zbekiston Respublikasi Prezidentininng PQ-4805-son qaroriga muvofiq "O'zkimyosanoat" AJ tarmoq korxonalariga kimyo va biologiya faniga ixtisoslashtirish maqsadida maktablar biriktirilgan.
Qaror ijrosini o'z vaqtida va sifatli ta'minlash maqsadida "O'zkimyosanoat" AJ va "Maxam-Chirchiq" AJ bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bo'ka hamda Bo'stonliq tumanlaridagi 14 va 20-sonli maktablariga kimyo fanini o'rganishning sifatli tizimini ta'minlash maqsadida, o'quv yili davomida amaliy mashg'ulotlar uchun mo'ljallangan kimyoviy reagentlar to'plamlari taqdim etildi.