"Maхam Chirchiq" AJ yoshlari "Bahodir Yalangto‘sh" filmi premyerasida bo‘lishdi

// 04.07.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (228.39 KB)


 
30-iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan  "Maxam Chirchiq" AJning 50 nafar yosh xodimlari uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida yoshlar ayni kunlarda yurtdoshlarimizning e’tiroflariga sazovor bo‘layotgan va keng ommalashayotgan "Bahodir Yalangto‘sh" badiiy milliy filmi premyerasida bo‘lishdi.  Samarqand amiri, buyuk sarkarda, Registon bunyodkori haqidagi mazkur film tomoshabinlarda katta qiziqish va taassurotlar uyg‘otdi.  Shu bilan birga, yoshlar poytaxtimizning  bir qator ko‘ngilochar manzillarida bo‘lishdi.  
 
"Maxam Chirchiq" AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 04.07.2024