Qirg'iziston Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi doirasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Qirg'iziston o'g'it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ vakillari “Qirg'iziston o'g'it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi raisi E.Akunbekov bilan muzokalar olib bordi. Tadbir davomida Qirg'iziston Respublikasiga mineral o'g'itlar va kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish bo'yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so'nggida tomonlar “O'zkimyosanoat” AJ tomonidan 2021-2022 yillarda Qirg'iziston Respublikasiga qiymati 25 mln. dollarlik 120 ming tonna mineral o'g'it yetkazib berish bo'yicha tijorat shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi va Qirg'iziston Respublikasining mavjud mineral xom-ashyo resurslaridan foydalangan holda agromineral va bioorganik o'g'itlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha qiymati 1,5 mln. dollarlik anglashuv memorandumi imzolandi.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati