2024-yilning kuz mavsumida "Maxam-Chirchiq" AJda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 95 864 tup ko'chat va butalar ekildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi "Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 199-sonli Farmonida “Yashil makon” loyihasida shaharlar yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, xususan, ularning atrofida “yashil belbog‘” yaratish maqsadi belgilangan.
Bu jarayonlarda "Maxam-Chirchiq" AJ ham yurtimizning yashillik darajasini oshirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Jumladan, korxona hududida urug‘chilik- ko‘chatchilik va gulchilik xo‘jaligi tashkil etilgan bo‘lib, har yili 60-70 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda 40 mingdan ortiq mavsumiy gul ko‘chatlari yetishtirilmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati