Korxona xotin-qizlari dam olish kunlarini sport-sog‘lomlashtirish o‘yinlari bilan o‘tkazishdi

// 02.04.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.1 MB)

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xotin-qizlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘tishlarini ta’minlash, ayollar o‘rtasida uchrayotgan zararli odatlar, asr kasalliklaridan asrash maqsadida yengil atletika sport o‘yinlari o‘tkazildi. 

Unda ayollar 
-  100 metrga yugurish;
-  arqonda sakrash;
-  uzunlikka sakrash kabi shartlarda o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra,
1-o‘rin Matbuot kotibi S.Suyunovaga;
2-o‘rin Xo‘jalik bo‘limi ishchisi Gulmira Temirovaga;
3-o‘rin Qozonxona operatori Elmera Muyidinovalarga nasib etdi.   

Korxona xotin-qizlari uchun tashkil etilgan musobaqa ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi va esda qolardi taassurotlarga boy bo‘ldi. Yakunda g‘oliblarga korxona rahbariyatining esdalik sovg‘alar topshirildi.

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 02.04.2024