Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qonun qabul qilindi

// 24.06.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (311.92 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonun imzolandi.

Mazkur Qonun bilan:

◾️korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritilishi;

◾️ “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasi qonunchilikda aniq belgilanishi;

◾️ davlat organlarida komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlari joriy etilishi;

◾️komplaens bo‘linmalari faoliyatining mustaqilligi va xodimlar xavfsizligi kafolatlanishi;

◾️ayrim korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengillashtirish imkoniyatlari cheklanishi;

◾️korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi kabi muhim normalar belgilandi.

Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona va tizimli mexanizmini shakllantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
 


So'nggi yangilash sanasi: 24.06.2026