Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) va “O‘zkimyosanoat” AJ magistratura (1 ta o‘rin) va doktorantura (PhD, 3 ta o‘rin) yo‘nalishlarida barcha xarajatlar qoplangan holda Janubiy Koreyaning yetakchi universitetida tahsil olish uchun tanlov e’lon qiladi!
O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar yangi tashkil etilayotgan Koreya-O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!
Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2025-yil 16-apreldan 7-mayga qadar
Qo‘shimcha ma’lumot olish va hujjat topshirish uchun:
Telefon: (+998) 90 003-55-22
E-mail: empark@krict.re.kr u.tillabaeva@uks.uz
Bu – kelajagingiz uchun noyob imkoniyat!