Kimyo sanoatining ichki hayoti, muhandislik kasbining haqiqiy qiyofasi va yirik korxonalardagi imkoniyatlar — endi bitta loyihada!

// 15.06.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.29 KB)

 

“O‘zkimyosanoat“ AJ hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligida yangi media loyiha — “KIMYOGAR MUHANDIS” dasturini taqdim etamiz.

Loyihaning ilk sonida yurtimizning yirik sanoat korxonalaridan biri — Maxam-Chirchiq faoliyati bilan yaqindan tanishasiz. Korxonadagi:

  • zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari
  • muhandis va mutaxassislarning kundalik mehnati
  • ishga qabul qilish tartiblari
  • kasbiy rivojlanish imkoniyatlari
  • muvaffaqiyat ortidagi haqiqiy hikoyalar sizni kutmoqda.


“KIMYOGAR MUHANDIS” — bu nafaqat korxonalar haqida, balki kimyo sanoatida o‘z kelajagini ko‘rayotgan yoshlar uchun ilhom va amaliy yo‘l-yo‘riq manbai ham.
  Birinchi manzil — “Maxam-Chirchiq“ AJ.


So'nggi yangilash sanasi: 15.06.2026