Kimyo sanoatida ekologik samarador texnologiya: metanning plazmali pirolizi

// 15.09.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (192.88 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti bilan hamkorlikda vodorod hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega uglerodli mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ekologik xavfsiz metanning plazmali pirolizi texnologiyasini ishlab chiqmoqda.

Mazkur texnologiya metanni plazma ta’sirida parchalash orqali vodorod va uglerodli mahsulot olish imkonini beradi. Jarayonda uglerod dioksidi hosil bo‘lishini kamaytirish imkoniyati texnologiyaning ekologik jihatdan istiqbolli ekanini ko‘rsatadi.
 

Ayni paytda mutaxassislar texnologik qurilma va ishchi parametrlarni optimallashtirish, shuningdek, olinayotgan uglerodli mahsulotning fizik-kimyoviy xossalari hamda uning amaliy qo‘llanilish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.

Mazkur ishlarning asosiy maqsadi — zamonaviy va ekologik samarador texnologiya asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
 


So'nggi yangilash sanasi: 16.09.2026