“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual forumining 3-kungi mashgʻulotlari ham boshlandi.

// 29.05.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (23.64 MB)

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual forumining 3-kungi mashgʻulotlari ham boshlandi.

Ayni paytda ishtirokchi yoshlarga 10 yillik amaliy tajribaga ega mutaxassis, malakali ekspert Salay Matkarimov “Shaxsiy brend va menejment” mavzusida seminar-trening oʻtkazmoqda. 

Tajribali ekspert bugungi kunda shaxsiy brendning ahamiyati, uning inson ish faoliyatida tutgan oʻrni haqida maʼruza qilmoqda. Trening davomida zamonaviy fikrlash, o‘z ustida ishlash, biznes aloqalarning muvaffaqiyatli shaxsiy brendni yaratishdagi o‘rni haqida ishtirokchilarga muhim ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Jarayonlarni kuzatib boring!

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 29.05.2024