Jahon tibbiy polimerlar bozori 2024-yilda $23,52 milliardni tashkil etgan. 2034-yilga kelib, bozor hajmi oʻrtacha 8% yillik oʻsish surʼati bilan taxminan $51,3 milliardga yetishi kutilmoqda. Joriy yilda esa bu ko'rsatkich $27,5 milliardgacha oʻsishi mumkin. Bu haqda Precedence Research tahliliy agentligi oʻzining iyun oyida oʻtkazgan tadqiqotlaridan kelib chiqib ma'lum qildi.
2024-yilda jahon bozorida 44 % ulush bilan Shimoliy Amerika eng yirik segment boʻldi, bu esa bozordagi eng yuqori daromadni taʼminladi.
Farmatsevtika mahsulotlarini qadoqlash uchun tibbiy polimerlarga boʻlgan talabning oʻsishi, shuningdek, Meksika hamda Kanadada farmatsevtika sohasining jadal rivojlanishi bozorning yanada oʻsishiga turtki boʻlishi mumkin.
2024-yilda AQSh bozori qiymat jihatidan $7,2 milliardga baholandi. 2034-yilga kelib, u ikki baravardan ortiq — $16 milliardgacha oʻsishi mumkin.
Oʻtgan yilda Yevropaning bozordagi ulushi 28%ni tashkil etdi. Undan keyingi oʻrinlarda Osiyo-tinch okean mintaqasi (21%), Lotin Amerikasi (4%) va Yaqin Sharq hamda Afrika mamlakatlari (3%) qayd etilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati