Jahon kimyo sanoatida rekarbonizatsiya bozori 2035-yilga kelib 5 barobarga oʻsishi mumkin

// 29.06.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.94 MB)

2025-yilda jahon kimyo sanoatida rekarbonizatsiya texnologiyalari va uskunalari bozori hajmi 9,2 mlrd AQSh dollariga yetdi.

Precedence Research agentligi prognoziga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2026-yilda 10,9 mlrd dollarga, 2035-yilga kelib esa 50 mlrd dollargacha oshadi. Bu davrda bozorning oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 18,6 foizni tashkil etadi.
 
Bozorning oʻsishi iqlim meʼyorlarining tobora qatʼiylashishi hamda barqaror, atmosferaga kam chiqindi chiqaruvchi kimyo ishlab chiqarishiga boʻlgan intilish natijasida uglerodni ushlab qolish va undan foydalanish texnologiyalariga talabning ortishi bilan izohlanmoqda. 2025-yilda mazkur bozorda Yevropa 35 foiz ulush bilan yetakchilik qildi. Prognozlarga koʻra, tahlil davrida eng yuqori oʻsish surʼati Osiyo–Tinch okeani mintaqasida kuzatiladi va u oʻrtacha yillik 21,5 foizni tashkil etadi.
 
Tadqiqotga koʻra, atmosfera havosidan karbonat angidrid (CO₂)ni toʻgʻridan-toʻgʻri ushlab qolish (DAC — Direct Air Capture) segmenti eng tez surʼatlarda rivojlanadi.

Ushbu yoʻnalishning oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 24 foizni tashkil etishi kutilmoqda.


So'nggi yangilash sanasi: 01.07.2026