Jahon kimyo sanoati xabarlari: Mitsubishi Chemical polarizatsiya plastinalari uchun optik plyonka ishlab chiqarishni koʻpaytiradi

// 25.10.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (364.45 KB)

Mitsubishi Chemical polarizatsiya plastinalari uchun optik plyonka ishlab chiqarishni koʻpaytiradi

Mitsubishi Chemical Group oʻzining OPL Film™ optik polivinilspirt (PVS) plyonka ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish rejalarini eʼlon qildi. Ushbu plenka televizorlar va boshqa suyuq kristall displeylarda ishlatiladigan polyarizatsiya plastinalarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Mitsubishi Chemical Central Japan-Ogaki zavodi (Ogaki shahri, Yaponiya) quvvati yiliga 27 million kvadrat metr OPL plyonka ishlab chiqarishga oshadi. Modernizatsiya qilingan korxona 2027-moliyaviy yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Kengayishdan keyin MCG Groupning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 154 million kvadrat metrga yetadi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 25.10.2024