2013 yil yanvar-mart oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 06.05.2013 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (45.52 KB)

2013 yilning birinchi choragi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 408,8 mlrd. so'mlik mahsulot hamda 23,9 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 104,5%-ni tashkil qildi.

15,7 mlrd.so'mlik kimyo mahsulotning yangi turlari ishlab chiqarildi.

289,66 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 217,35 ming tonna azotli o'g'itlar, 38,63 ming tonna fosforli o'g'itlar va 33,68 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahsulot eksporti prognozga nisbatan 173,2%-ni, o'sish sur'ati 110%-ni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2013 yil yanvar-mart oylarida 92,5 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi va  prognoz 110,9-ga bajarildi.

2013 yil Investitsion dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 30,2 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 37,4 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi va prognoz 123,1%-ga bajarildi.

136 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 30 ish o'rni yaratilib, prognoz mutanosib ravishda 323,8% va 176,5% bajarildi.

Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2013 yil yanvar-mart oylari davomida 4936,6 mln.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan: 261,2 mln.so'mlik 21,8 ming tonna kompost tayyorlandi, 109,1 ming tonna organik va 125,9 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 64,2 ming gektarga mineral o'g'itlar sepib berilib, 97,5 ming gektar g'alla maydonlarida suspenziya tadbirlari o'tkazildi.

«O'zkimyosanoat» DAK
matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 08.10.2024